Davlat xavfsizlik xizmati bergan xabarga ko`ra, 1995 yilda Farg`ona viloyatida tug`ilgan X.M. xorijda mavsumiy ishlagan davrida Internet tarmog`i orqali xalqaro terroristik tashkilotlar a`zolari bilan doimiy aloqada bo`lgan.
Ularning ta`sirida 2019 yilda Suriyaga borib, "Tavhid va jihod katibasi" terroristik tashkiloti safiga qo`shilgan hamda jangovar harakatlarda qatnashgan.
Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan chet el maxsus xizmatlari bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida X.M. xorijda ushlanib, O`zbekistonga olib kelindi.
Hozirda unga nisbatan qo`zg`atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.






