Toshkent shahar hokimligi "O`zgidromet" xabariga tayanib Toshkent shahri aholisini ogohlantirmoqda.
Hokimlik murojaat bilan chiqib, ehtiyotkorlikni talab qilmoqda.
"Hurmatli toshkentliklar va poytaxtimiz mehmonlari! "O`zgidromet" markazi ma`lumotiga ko`ra, Toshkent shahrida kuchli shamol va yog`ingarchilik bo`lishi kutilmoqda. Noqulay ob-havo sharoitida avtotransport vositalarini daraxtlar tagida qoldirmasligingizni, o`zingiz va yaqinlaringizni ehtiyot qilishingizni so`raymiz" — deyiladi unda.






