Ular Samarqand shahrida bo`lib o`tadigan Turkiy tilli davlatlar samiti xususida suhbatlashishdi.
Bir necha kundan so`ng Samarqand shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti boshlanadi. Mazkur anjumanga tayyorgarlik doirasida bugun Toshkentdagi Markaziy Osiyo xalqaro institutida TDT Yuqori darajali mansabdor shaxslari navbatdagi uchrashuv uchun yig`ilishdi.
Ma`lumotlarga ko`ra, tadbirda a`zo va kuzatuvchi davlatlar Tashqi ishlar vazirliklarining tegishli departament rahbarlari, TDT Kotibiyati, Turkiy akademiya hamda Turkiy madaniyat va meros jamg`armasi vakillari ishtirok etmoqda.
Tomonlar Sammit va asosiy tadbirdan bir kun oldin - 10 noyabr kuni Samarqandda bo`lib o`tadigan TDT Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig`ilishi kun tartibini muhokama qilishadi. Anjuman dasturi hamda barcha tadbirlarga kiritiladigan hujjatlar loyihalari ko`rib chiqilib, qabul qilinishi rejalashtirilgan. Shunindek, yig`ilishda mas`ullar Samarqand sammitiga tayyorgarlik bilan bog`liq boshqa masalalar bo`yicha ham fikr almashadi.
Eslatib o`tamiz, mazkur tartibdagi uchrashuvlar 8 noyabrga qadar davom etadi.






