Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatining Yakkabog` tumanidan o`tuvchi temiryo`lda YTH sodir bo`lgani aks etgan videolar tarqaldi.
Holat yuzasidan viloyat IIB ma`lumot berishicha, hodisa 5 noyabr kuni soat 21:55 larda 4R-84 Chiroqchi–Yakkabog`–Shurbozar avtomobil yo`lining 18-kilmetrida yuz bergan. Haydovchi R.G`. VAZ–2101 rusumli avtotransport vositasi bilan harakatlanib kelayotib boshqaruvni yo`qotgan va temir to`siqqa urilib ag`darilib ketgan.
Avtohalokat oqibatida hech kim tan jarohati olmagan. Mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.






