AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonning ko`plab hududlarida yomg`ir yog`adi

'Bugun O`zbekistonning ko`plab hududlarida yomg`ir yog`adi'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun O`zbekiston bo`yicha ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Qoraqalpog`iston Respublikasida, Xorazm, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 12-17° iliq bo`ladi.

Poytaxtimizda kunning ikkinchi yarmida yomg`ir yog`adi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 15-17° iliq bo`ladi.

Tog` oldi va tog`li hududlarida kunning ikkinchi yarmida vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi (baland tog`larda yomg`ir, qor), kechga tamon ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-10° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar