Farg`ona viloyatining Qo`qon shahrida telefon o`g`irlashda gumon qilingan fuqaro profilaktika inspektorining xizmat mashinasi oynasini tepib sindirdi.
Qo`qon shahrining Muqimiy ko`chasida yashovchi fuqaro jariy yilning 27 oktyabr kuni IIBning “102” qisqa raqamiga murojaat qilib, farzandining telefonini noma`lum shaxs foydalanish uchun so`rab olib, qaytarib bermaganini ma`lum qilgan.
Hududiy profilaktika inspektori tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib borish davomida telefon apparatti Loyihaviy 1-tor ko`chasida yashovchi voyaga etmagan fuqaro tomonidan olib ketilgani aniqlangan.
29 oktyabr kuni profilaktika inspektori gumonlanuvchi bilan ko`rishgan payti u o`zini nosamimiy tutib, xodimning talablariga bo`ysunmasdan turli noo`rin so`zlar bilan haqorat qiladi. Ichki ishlar xodimining avtomobili old yon oynasini tepib sindiradi hamda tosh otib avtomashinaga shikast etkazadi. Oqibatda profilaktika inspektori yuz sohasidan jarohat olgan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, u prosessual tartibda ushlangan.






