NATO mamlakatlar vakillari tashkilot Bosh kotibi Ens Stoltenbergning o`rnini egallashga nomzod qidirmoqda. Bunda AQSh kelib chiqishi Ukrainaga mansub bo`lgan Kanada Bosh vazir o`rinbosari va Moliya vaziri Xristya Frilandning nomzodini ko`rsatmoqda.
Ma`lum qilinishicha, Stoltenberg 2023 yil kuzida ishdan ketadi. Shu sababli alyans rahbari lavozimini kim egallashi borasida NATO ittifoqchilari o`rtasida kurash allaqachon boshlangan.
Ularning ta`kidlashicha, NATOga hozircha kim rahbarlik qilishi noma`lum, chunki ko`rsatilayotgan ba`zi nomzodlar alyansning boshqa a`zolari tomonidan tasdiqlanmasligi mumkin.






