Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan, Zarafshon shahrida "Matiz" haydovchisi 8 yoshli qizni urib yuborgan video tarqaldi.
YHXB holat bo`yicha ma`lumot berdi.
4 noyabr kuni Navoiy viloyati, Zarafshon shahri, Yulduz ko`chasida haydovchi X.B. "Matiz" rusumli avtomobilda harakatlanayotib, tartibga solinmagan piyodalar o`tish joyidan yo`lni chap tomonidan o`ng tomoniga yugurib o`tayotgan piyoda, 2014 yilda tug`ilgan M.M.ni urib yuborgan.
YTH natijasida piyoda M.M.ga Zarafshon shahar shifoxonasida tibbiy yordam ko`rsatilib, uyiga ketishiga ruxsat berilgan.
Mazkur holat yuzasidan Zarafshon shahar IIB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda






