Toshkent shahri va viloyatida qariyb 3 kilogramm opiy va gashish giyohvand moddasini sotmoqchi bo`lgan shaxslar ushlandi. Bu haqda DXX matbuot xizmati darakchi.uz'ga xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, DXX tomonidan Yunusobod tumanida o`tkazilgan tezkor tadbirda 1976 yil Buxoro viloyatida va 1958 yil Jizzax viloyatida tug`ilgan ikki nafar fuqaro 874 gramm opiyni 18 ming dollarga sotmoqchi bo`lganida qo`lga olingan.
Shuningdek, o`tkazilgan yana bir tezkor tadbir davomida 1956 yil Samarqand viloyatida va 1976 yil Sirdaryo viloyatida tug`ilgan ikki nafar shaxs Ohangaron va Yashnobod tumanida qariyb 2 kilogramm gashish moddasi bilan ushlandi.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






