Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining navbatdagi hisobotida dunyoda maymun chechagi infeksiyasining tarqalish ko`lami va bemorlar soni haqida ma`lumot berildi. Bu haqda SSV Matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko`ra, epidemiya boshlangandan buyon mazkur kasallik ro`yxatga olingan mamlakatlar soni 103 taga etdi. Jami 77,2 ming nafardan ziyod bemorlarga xastalik tashxisi qo`yildi. Eng yomoni, ulardan 36 nafari infeksiya oqibatida hayotdan ko`z yumdi.
Maymun chechagini yuqtirgan eng ko`p bemorlar AQSh, Braziliya, Ispaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Kolumbiya, Peru, Meksika va Kanadada aniqlangan.
Shunga qaramay, JSST mazkur epidemiyaga qarshi kurashda ma`lum yutuqlarga erishilganini bayon etdi. Jumladan, so`nggi oyda kasallikning tarqalish sur`ati birmuncha pasaygani ijobiy holat. Biroq vaziyat to`liq izga tushmagunicha xotirjamlikka berilib bo`lmaydi.
05.11.2022 08:08
Maymun chechagi aniqlangan mamlaktlar soni 103 taga etdi — JSST






