“Uzbekiston Airways” AJ Axborot xizmati Samarqand xalqaro aeroportining texnik sabablarga ko`ra, joriy yilning 8 noyabr soat 00:01dan 12 noyabr soat 00:01gacha yopilishini ma`lum qildi.
Shu sababli “Uzbekiston Airways” AJning rejalashtirilgan
HY045/046 Toshkent – Samarqand – Toshkent,
HY9605/9606 Samarqand – Moskva – Samarqand,
HY639 Samarqand – Sankt-Peterburg,
HY639/640 Samarqand – Sankt-Peterburg – Samarqand,
HY275/276 Samarqand – Istanbul – Samarqand aviqatnovlarining etib kelishi va jo`nab ketishi Navoiy xalqaro aeroportidan amalga oshirilishini ma`lum qiladi.
Shuningdek,
HY049/050 Andijon – Samarqand – Andijon,
HY047/048 Samarqand – Namangan – Samarqand,
HY072/071 Farg`ona – Samarqand – Farg`ona aviaqatnovlari esa bekor qilinadi.
Yo`lovchilar bekor bo`lgan parvozlar aviachiptalarining to`liq qiymatini chipta sotib olingan joyda qaytarib olishlari yoki boshqa sanaga bepul qayta bronlash huquqiga egadirlar.
Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so`raymiz. To`g`ri tushunishingizga umid qilamiz, deyiladi xabarda.






