Mamlakatimizga koronavirusga qarshi emlash uchun 583 200 doza Johnson & Johnson vaksinasi keltirildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.
Shuningdek, xabarda qayd etilishicha, yurtimizda COVID-19ga qarshi emlash ishlari tizimli ravishda boshlanganiga bir yarim yildan oshdi.
Bu davrda 71,6 million dozadan ortiq vaksinadan foydalanildi.
Johnson & Johnson O`zbekistonda SOVID-19ga qarshi qo`llanilayotgan sakkizinchi turdagi vaksinadir.
05.11.2022 04:20
O`zbekistonga Johnson & Johnson vaksinasining yangi partiyasi olib kelindi






