Ijtimoiy tarmoqlarda Farg`ona viloyatining Buvayda tumanida 34 yasharayol vahshiylarcha o`ldirilgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Bosh prokuraturaning "Darakchi.uz"ga ma`lum qilishicha, ayol joniga qasd qilgani aniqlandi.
Qayd etilishicha, 28 oktyabr kuni soat 19:00 larda chamasida Buvayda tumani, Buyuk ipak yo`li MFY, Yangiqishloq qishlog`ida yashagan, 1988 yilda tug`ilgan Do`smatova Gulasal Jumaevna turmush o`rtog`i Do`smatov Zoxidjon Inomovich boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashinada ketayotgan bo`lgan. U shu vaqtda turmush o`rtog`i bilan janjallashib qolib, o`zini mashinadan tashlab yuborib, olgan tan jaroxatlari natijasida vafot etgan.
Ushbu holat yuzasidan tuman prokurori raxbarligidagi tezkor tergov guruhi tomonidan hodisa joyiga chiqilib, hodisa joyi ko`zdan kechirilib, qon dog`i namunalari tekshirib ko`rish uchun olingan. Bu vaqt davomida Z.Do`smatovga tegishli “Damas” avtomashinasidan qoldirilgan 2,80 metr tormoz izi aniqlangan.
"Sudga oid tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasida Do`smatova Gulasal Jumaevnada bosh miya ochiq jaroxati, boshini ensa sohasida ezilib yirtilgan yarasi, boshini ensa, ikkala chakka asos suklarini sinishi, bosh miya tur pardalari ostiga qon quyilishlari, bosh miya moddasini shishi, chap peshona sohasida qontalashi, ikkala tizza oldi yuzalarida shilinmalari, chap soni qontalashlar aniqlanganligi ko`rsatilgan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda", — deyiladi xabarda.






