AsosiyJinoyat

Samarqandda dekan o`rinbosari pora bilan qulga tushdi

'Samarqandda dekan o`rinbosari pora bilan qulga tushdi'ning rasmi

Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi hamda prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida o`tkazilgan tezkor tadbirda dekan o`rinbosarining jinoiy xatti-harakatlariga chek qo`yildi.

Ma`lum bo`lishicha, Samarqand davlat chet tillari instituti ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti dekani o`rinbosari, Samarqand tumanida yashovchi I.O. fuqaroni Janubiy Koreyaning Yodju texnika instituti Samarqand filialiga 6 ming AQSh dollari evaziga o`qishga kiritib qo`yishni va`da qilib, kelishilgan pulning 1000 dollarini oldindan oladi.

O`tkazilgan tezkor tadbir davomida I.O. 4800 AQSh dollarini fuqarodan olayotgan vaqtda qo`lga olindi. Ayni paytda unga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar