8-12 noyabr kunlari Samarqand xalqaro aeroportidan rejalashtirilgan reyslar Navoiy aeroporti orqali amalga oshiriladi. "Uzbekistan Airways" bu haqda xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, 8 noyabr soat 00:01dan 12 noyabr soat 00:01gacha quyidagi aviqatnovlarining etib kelishi va jo`nab ketishi Navoiy xalqaro aeroportidan amalga oshiriladi:
- HY045/046 Toshkent – Samarqand – Toshkent;
- HY9605/9606 Samarqand – Moskva – Samarqand;
- HY639 Samarqand – Sankt-Peterburg;
- HY639/640 Samarqand – Sankt-Peterburg – Samarqand,
- HY275/276 Samarqand – Istanbul – Samarqand aviqatnovlarining etib kelishi va jo`nab ketishi Navoiy xalqaro aeroportidan amalga oshiriladi.
Shuningdek, quyidagi aviaqatnovlar bekor qilinadi:
- HY049/050 Andijon – Samarqand – Andijon;
- HY047/048 Samarqand – Namangan – Samarqand;
- HY072/071 Farg`ona – Samarqand – Farg`ona.
"Yo`lovchilar bekor bo`lgan parvozlar aviachiptalarining to`liq qiymatini chipta sotib olingan joyda qaytarib olish yoki boshqa sanaga bepul qayta bronlash huquqiga ega, deyiladi (https://t.me/uzbekistanairways/2946) Uzbekistan Airways axborotida", — deyiladi xabarda.






