AsosiyDunyo

Rossiyada urushga olib ketilganlar 318 mingga etdi

'Rossiyada urushga olib ketilganlar 318 mingga etdi'ning rasmi

Rossiya Federasiyasi Qurolli Kuchlari safiga qo`shilishni xohlovchi ko`ngillilar oqimi kamaymayapti va safarbar qilinganlar soni allaqachon 318 ming kishiga etdi. Bu haqda Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin bugun, 4 noyabr kuni ko`ngillilar bilan suhbatda ma`lum qildi. 

“Bizda allaqachon 318 000 [safarbar qilingan]. Nega 318 000? Chunki ko`ngillilar kelayapti. Ko`ngillilar soni kamaymayapti”, deydi Prezident. Uning tushuntirishicha, bu raqamdan 49 ming nafari armiyada bo`lib, jangovar topshiriqlarni bajarmoqda, qolganlari esa mashg`ulotlarda qatnashmoqda. 

Rossiya rahbari ularning barchasining oilasi, ota-onasi, xotini va farzandlari borligini ta`kidladi.  

“Albatta, davlat ularni qo`llab-quvvatlash uchun hamma narsani qilmoqda. Lekin yurakdan yurakka o`tsa, bu eng muhim yordam. Bu eng ishonchli va eng samarali”, deya Putin safarbar qilinganlarning oilalariga yordam ko`rsatganliklari uchun olqishladi.

    Boshqa yangiliklar