AsosiyJamiyat

Bugundan Toshkent shahrida Finlyandiya ta`lim metodikalarini o`qitishga qaratilgan o`quvlar boshlandi

'Bugundan Toshkent shahrida Finlyandiya ta`lim metodikalarini o`qitishga qaratilgan o`quvlar boshlandi'ning rasmi

O`quvlarga 14 ta tayanch maktablarining 140 nafar o`qituvchilari, hududiy malaka oshirish markazlarining 40 nafardan ortiq trenerlari va metodistlar, pedagogika OTMlarining profesor-o`qituvchilari jalb qilingan. 
Keyingi 6 kun davomida ustozlar uchun maxsus malaka oshirish jarayonlari tashkil etiladi. 

Jarayondan to`g`ridan-to`g`ri reportajlarni Feysbukdagi Vazirlik sahifasidan ko`rish mumkin. 
Shuningdek,  "Domlajon" kanalida ham batafsil ma`lumotlar berilmoqda.

Bu malaka oshirish kurslari katta jarayonlarning boshlanishidir. Keyingi oylarda joylarda pedagoglarni yangi metodikalarga o`qitish ishlari davom ettiriladi. Har bir hududida “Zamonaviy jamiyat uchun zamonaviy ta`lim” shiori ostida yirik anjumanlar tashkil etib borilib, ushbu anjumanlarda amalga oshirilayotgan ishlar borasida o`qituvchilarga, ota-onalarga va keng jamoatchilikka axborot berib boriladi.
 

    Boshqa yangiliklar