Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo`shrabot tuman bo`limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi.
Unda, “R.1” MChJ rahbari O.V. tijorat banki filialidan avtomobillarga texnik xizmat ko`rsatish faoliyatini rivojlantirish uchun ajratilgan 400 mln so`m imtiyozli kredit mablag`ini "B.a." xususiy korxonasiga o`tkazish orqali boshqa maqsadlarda sarflab, o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






