AsosiyJamiyat

Fuqarolarni Koreya va Latviyaga elchixonadagi tanishlari orqali ishga yuborishni va`da qilgan firibgarlar ushlandi

'Fuqarolarni Koreya va Latviyaga elchixonadagi tanishlari orqali ishga yuborishni va`da qilgan firibgarlar ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo`rg`ontepa tumani bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolarni xorijga ishga yuborishni va`da qilgan firibgarlar fosh etildi. Bu haqda  Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Fuqaro I.K. (muqaddam sudlangan) 3 nafar fuqaroni 38 000 AQSh dollari evaziga go`yoki Koreya davlati elchixonasida ishlovchi tanishlari orqali ushbu davlatga ishga yuborishini va`da qilib, oldindan 6 000 AQSh dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Chirchiq shahar bo`limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro F.F. fuqaro M.A.ni tanishlari yordamida 3 500 AQSh dollari evaziga Latviya Respublikasiga ishga yuborishini aytib, shundan 3 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlar qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar