Ijtimoiy tarmoqlarda maktab yoshidagi qizlarning o`zaro janjali aks etgan videolavha keng tarqalmoqda.
Ushbu holat bo`yicha IIV matbuot kotibi rasmiy tushuntirish berdi.
Ma`lum qilinishicha, videoda aks etgan holat 2020 yil 13 fevralda Toshkent shahrining Yashnobod tumani 230-sonli maktab o`quvchilari o`rtasida sodir etilgan bo`lib, ushbu vaziyat bo`yicha o`z vaqtida qonuniy chora ko`rilgan.






