Ma`lum qilinishicha, sentyabr oyidan oktyabrgacha "O`zbekiston bo`ylab sayohat qil!" dasturi doirasida sayohat uchun keshbek platformasida 2 816 ta sayohat qayd etildi.
Bunda 2 418 nafar fuqaro ichki turizmga sarflangan xarajatlar hisobini yuritishni boshladi. Xususan:
- avia, temir yo`l va (yoki) avtobus transporti chiptasini xarid qilish;
- joylashtirish vositalaridan (mehmonxonalar, dam olish uylari va zonalari, mehmon uylari va boshqalardan) foydalanish;
- madaniy meros ob`ektlariga tashrif buyurish uchun amalga oshirilgan to`lovlarga taqdim etilgan QR-kodli cheklarni Soliq mobil ilovasida ro`yxatdan o`tkazgan.
Sayohat uchun keshbekka ega bo`lish uchun JShShIRni kiritgan holda FACE ID orqali ro`yxatdan o`tish va barcha turdagi sayohat cheklarini kiritish lozim.
Ma`lumot uchun, 2022 yilning 1 sentyabridan boshlab respublika bo`ylab sayohat qiluvchi sayyohlar xarajatlarining 15 dan 50 foizigacha keshbekka ega bo`lishi mumkin.






