O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyatida ertalab ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 12-17° iliq bo`ladi.
Poytaxtimizda yomg`ir yog`ishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 15-17° iliq bo`ladi.
Tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, baland tog`larda yomg`ir, qor bo`ladi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-10° iliq bo`ladi.






