O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarellega 2016-yilning 24-avgust kuni mazkur mamlakatning markaziy qismida ko`plab insonlarning halok bo`lishi va vayrongarchiliklarga sabab bo`lgan kuchli zilzila munosabati bilan samimiy hamdardlik izhor etilgan maktub yo`lladi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Davlatimiz rahbari o`z maktubida qurbon bo`lganlarning oila a`zolari va yaqinlariga hamda jarohatlaganlarga hamdardlik va qayg`udoshlik so`zlarini etkazishni so`radi.
26.08.2016 06:11





