AsosiyJamiyat

YHXB: Toshkent ko`chalarida tezlikni kamaytirish tartibi hali kuchga kirgani yo`q (video)

'YHXB: Toshkent ko`chalarida tezlikni kamaytirish tartibi hali kuchga kirgani yo`q (video)'ning rasmi

Toshkent shahrining ayrim ko`chalarida transport vositalari tezligi 60-50 km/s.ga tushirilgani haqida xabarlar berildi.

Ushbu tartib qachondan ishga tushishi haqida O`zAga Toshkent shahar YHXB axborot xizmati rahbari Q.Xudoyberganov ma`lumot berdi, deb yozmoqda O`zA.

— Xalq deputatlari shahar kengashi sessiyasida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi YHXBning poytaxt ko`chalarida tezlikni kamaytirish bo`yicha taklifi ko`rib chiqildi. Mana shu taklifdan keyin deputatlar poytaxt ko`chalarida o`rganib, uni ma`qulladi va sessiyaga taqdim etildi.

Sessiyada esa Toshkent shahridagi ayrim ko`chalarda transport vositalari tezligi soatiga 50 km. etib belgilanishi haqida qaror qabul qilindi. Bundan tashqari, Kichik xalqa yo`lida transport vositalari harakatlanishi tezligi soatiga 60 km. etib belgilanmoqda.

Bu faqat poytaxt ko`chalarida joriy etiladi. Bu haqda maxsus komissiyaning qarori qabul qilingach, tezlikni kamaytirish bo`yicha tartib kuchga kiradi.

    Boshqa yangiliklar