AsosiyJamiyat

"Sahnalashtirilgan" Toshkentga ruslar kelishi uchun studentlar ko`chaga haydalayotgani aytilgan video yolg`on bo`lib chiqdi

'"Sahnalashtirilgan" Toshkentga ruslar kelishi uchun studentlar ko`chaga haydalayotgani aytilgan video yolg`on bo`lib chiqdi'ning rasmi

10 oktyabr sanasiga o`tar kechasi O`zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universiteti, Xalqaro va audiovizual jurnalistika fakultetining, Teleradio jurnalistikasi 1-bosqich talabasi 1996 yilda tug`ilgan Jumaboev Husniddin Shuxratbek o`g`li o`zining “GLOBAL TV” (youtube, instagram, tiktok) sahifalarida ijara uylarning narxi ko`tarilishi borasida video yuklagan.


Ushbu videoda uy egasi qizlarni uyidan chiqib ketishi va ularning o`rniga 600 AQSh dollariga rossiyalik ijarachi kutib turganligini aytgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bu holat yuzasidan O`zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universiteti munosabat bildirdi. 

Universitetning ma`lum qilishicha, ushbu video sahnalashtirilgan bo`lib, video kontentni tayyorlash g`oyasi OAVdagi “Xavf ostida yashayotgan ijaradagi qizlar” maqolasidan keyin tug`ilgan. 

Aniqlanishicha, bu video Husniddin Jumaboevning Toshkent shahar, Chilonzor tumanida joylashgan xolasining uyida olingan bo`lib, undagi ishtirokchilar o`zining kursdoshlari.

"Videolavha sahnalashtirishda ishtirok etgan talabalar bu kabi holatga duch kelgan jabrlanuvchilar emasligini rasman ma`lum qilamiz", - deyiladi bayonotda".

    Boshqa yangiliklar