Byuroning Kattaqo`rg`on tuman
bo`limi davlat ijrochisi Sardor Shakarovning ma`lum qilishicha, byuroning Kattaqo`rg`on tuman bo`limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo`yicha Kattaqo`rg`on tumanlararo sudining 2022 yil 13 iyuldagi qaroriga asosan javobgar "Qorgon fayzli chorvasi" ma`suliyati cheklangan jamiyatidan undiruvchi ATB "Agrobank" Kattaqo`rg`on filiali foydasiga 482 mln. 521 ming so`m kredit qarzini undirish to`g`risidagi ijro hujjati kelib tushgan.
Mazkur ijro hujjati bo`yicha O`zbekiston Respublikasi "Sud xujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to`g`risida" gi Qonunining 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritish qo`zg`atilib, qarzdorga ijro hujjati talabini ixtiyoriy bajarish uchun o`n besh kunlik muddat berilgan.
Olib borilgan ijro harakatlari davomida javobgar "Qorgon fayzli chorvasi" ma`suliyati cheklangan jamiyatidan undiruvchi "Agrobank" viloyat filiali foydasiga 48 million 521 ming so`m kredit qarzi undirilgan.






