2022 yil 30 oktyabrdan boshlab “Uzbekistan Airways” AJ Farg`ona – Dubay – Farg`ona yangi xalqaro yo`nalishi bo`yicha muntazam aviaqatnovlarni yo`lga qo`yadi.
Farg`ona vodiysi aholisiga yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida parvozlar haftasiga ikki marotaba – yakshanba va seshanba kunlari amalga oshiriladi.
Reyslar quyidagi javal bo`yicha (mahalliy vaqt bilan) amalga oshiriladi.
Farg`onadan jo`nab ketish: 08:40
Dubayga etib borish: 11:35
Dubaydan jo`nab ketish: 13:05
Farg`onaga etib borish: 17:40
Farg`ona – Dubay yo`nalishidagi chiptalar narxi 2 217 926 so`mdan, Farg`ona – Dubay – Farg`ona yo`nalishidagi aviachiptalar narxi esa 3 641 757 so`mdan boshlanadi.
Narxlar 26.09. 2022 yil holatiga ko`ra amal qiladi.
26.09.2022 16:05
Uzbekistan Airways Farg`ona – Dubay – Farg`ona yo`nalishida muntazam aviaqotnovlarni yo`lga qo`yadi






