AsosiyJamiyat

Misni chuqur qayta ishlash yo`nalishida mutasaddilarga vazifalar yuklatildi

'Misni chuqur qayta ishlash yo`nalishida mutasaddilarga vazifalar yuklatildi'ning rasmi

Davlat rahbari raisligidagi yig`ilish davom etmoqda.

Misni chuqur qayta ishlash yo`nalishida mutasaddilarga:

- yil yakuniga qadar har oyda qo`shimcha 1 ming tonnadan misni birjaga chiqarish, 2023 yilda 90 ming tonnaga etkazish;

- Ohangaron va Qarshida mis klasteri faoliyatini yo`lga qo`yish bo`yicha “Yo`l xaritasi”ni ishlab chiqish;

- Qorao`zakdagi 140 million dollarlik mis ishlab chiqarish loyihasi bo`yicha geologiya-qidiruv ishlarini boshlash, yil yakuniga qadar loyihalashtirish ishlarini yakunlash;

- transport xarajatlari subsidiya qilinadigan ro`yxatga mis trubkasi va fitinglarini kiritish topshirildi.

"O`zeltexsanoat" uyushmasi oldiga Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi bilan birgalikda yil yakuniga qadar maishiy texnika bo`yicha 1 ta, kelgusi yilda muqobil energetika, yuqori kuchlanish uskunalari va yangi avlod kabel mahsulotlari bo`yicha 1 tadan “Izlanish va rivojlanish” (RnD) markazlarini ochish vazifasi qo`yildi.

Yig`ilish yakunida tarmoq va hududlar rahbarlarining hisoboti eshitildi.

 

    Boshqa yangiliklar