AQSh prezidenti Barak Obama Demokratlar partiyasi tomonidan nomzodi qo`yilgan Xillari Klintonni qo`llab-quvvatlashmaqsadida o`tkaziladigan pul yig`ish tadbirida qatnashish uchun mehnat ta`tilini bekor qilishga qaror qildi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.
AQSh prezidenti Demokratik partiya ehtiyojlariga ishlatish uchun pul yig`ish maqsadida tashkil etiladigan kechki ovqatga borishni rejalashtirgan. Tadbir Massachusets shtatining Martas-Vin`yard orolida bo`lib o`tadi. Tadbirni er-xotin Xenk Goldberg va Kerol Braun Goldberglar tashkil qilgan.
Kechki ovqatga 60 ga yaqin xayriya ishlari bilan shug`ullanuvchi odamlar tashrif buyuradi. Tadbirda qatnashish imkonini beradigan chiptaning narxi har bir odam uchun 33 ming dollarga to`g`ri keladi.
Ilgari Barak Obama ikki haftalik mehnat ta`tiliga chiqayotganligini, ta`tilda beshta kitobni o`qib chiqishni rejalashtirganligini bildirgan edi.





