AsosiyDunyo

Shanxaylik ayol dengiz sayohatiga chiqqan kemadan tushib ketib, 38 soat ochiq dengizda suzdi

Shanxaylik ayol dengiz sayohatiga chiqqan kemadan tushib ketib, 38 soat davomida ochiq dengizda qolib ketgan, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri. 

Familiyasi Fan bo`lgan ayol etti qavatli uy bilan teng bo`lgan kemaning to`rtinchi palubasidan dengizga tushib ketgan. U har qancha yordam so`rab qichqirmasin, uni hech kim eshitmagan. Ayol ilinish uchun biror narsa topolmay, ikki kun davomida dengizda suzgan. Uni baliqchilar qayig`idagi odamlar ko`rib, qutqargan. Nashrning ma`lumot berishicha, 32 yoshli ayol katta kemalarning tagida qolib ketmaslik uchun suzish jarayonida uyqusi kelsa ham mudrab, uxlamagan.  

Fan mutlaqo zarar ko`rmagan, faqatgina qo`liga meduzalar yopishgani uchun qavariqlar hosil bo`lgan. Ayolning tirik qolishiga uning besh yoshidan boshlab, suzish bilan shug`ullangani va chidamliligi sabab bo`lgan. Qirg`oq qo`riqchilari bunday balandlikdan zarb bilan suvga qulagan odamning tirik qolishi kamdan-kam uchraydigan hodisa ekanligini bildirgan.

    Boshqa yangiliklar