Rio–2016 Olimpiada o`yinlari boks musobaqasining -69 kilogramm vazn toifasida ishtirok etayotgan o`zbekistonlik Shahram G`iyosov yarim finalda marokashlik Muhammad Rabiga qarshi jang o`tkazdi.
Anchagina murosasiz va keskin zarbalarga boy kechgan bellashuvda hamyurtimiz hakamlarning yakdil qarori bilan 3:0 hisobida zafar quchdi va final yo`llanmasiga ega bo`ldi.
Qayd etish kerakki, Shahram G`iyosov endi oltin medal uchun kurash olib boradi. Unga final bahsida omad tilab qolamiz.





