AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda poezd urib ketgan 3 yoshli bog`cha bolasi temir yo`lga qanday kelib qoldi?(video)

'Qashqadaryoda poezd urib ketgan 3 yoshli bog`cha bolasi temir yo`lga qanday kelib qoldi?(video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryoda bog`cha tarbiyalanuvchisi bo`lgan 3 yoshli bolani "Afrosiyob" tezyurar poezdi urib ketgani haqidagi xabar va holat aks etgan videolar tarqaldi. 

Ma`lumotlarga ko`ra, voqea 9 sentyabr kuni soat 15:33 da Koson tumani "Qo`ng`irtog`" MFY, Kamandi qishlog`ida Qarshi—Maroqand temir yo`l yo`nalishida qatnovchi "Afrosiyob" yuqori tezyurar elektropoezdi bilan sodir bo`lgan.

Nazoratsiz qoldirilgan bola bog`cha hududidan chiqib, yaqin oradagi temir yo`lga borib qolgan. Poezd yo`liga chiqvolib ketayotganida "Afrosiyob" tezyurar elektropoezdi uni urib ketgan. Olingan jarohatlar oqibatida bola vafot etgan.

3 yoshli bola bog`chadan poezd yo`liga qanday kelib qoldi?  

Zamon.uz Qashqadaryodagi mudhish hodisa tafsilotlarini o`rgandi. 

Unga ko`ra, ushbu mash`um hodisadan so`ng uy bog`chasi yopilgan. Poezd yo`lida ishlayotgan qo`riqchilar poezd kelishi  oldidan to`siqlar nazorat qilib chiqilishini ma`lum qilgan. Biroq bolani hech kim ko`rmagan.

Bolaning buvisi Mahbuba Sharipovaning so`zlariga ko`ra, nabirasini bog`chaga kelganiga hali ikki kun ham bo`lmagan. Boladan xabar olish uchun bog`cha tarbiyachisiga soat 15:15larda qo`ng`iroq qilinganda, (bolani poezd urib ketishidan 15 daqiqa avval) tarbiyachi uni  o`zi bilan birga ekanligini aytgan. Biroq soat 15:33 da bolani poez urib, vafot etgan. 

Hali 3 yoshga to`lmagan bolakay 800 metr narida joylashgan poezd yo`lga 15 daqiqada qanday etib borgani hozircha jumboq bo`lib qolmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar