Rio–2016 Olimpiada o`yinlari yunon-rum kurashi musobaqalarida -59 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan Elmurat Tasmuradov bronza medali uchun bahsda qirg`izistonlik Arsen Eralievga qarshi kurash olib bordi.
Hayajonli, murosasiz va o`ta keskin kechgan jangda Tasmuradov 13:6 hisobida zafar quchdi va O`zbekiston terma jamoasiga yana bir bronza medalini olib keldi.
Biroz avval O`zbekiston terma jamoasi hisobiga ilk oltin medalni bokschi Hasanboy Do`stmatov olib kelgandi.





