O`zbekistonlik bokschi Shahobiddin Zoirov Rio–2016 Olimpiada o`yinlarining boks musobaqasini yorqin g`alaba bilan boshladi.
-52 kilogramm vazn toifasida ringga ko`tarilgan O`zbekiston vakili ilk jangini irlandiyalik Brendan Immet Irvinga qarshi o`tkazdi. Anchagina ishonchli jang qilgan Shahobiddin 3:0 hisobida g`alaba qozonib, chorak finalga yo`l oldi.
Keyingi bosqichda, ya`ni, nimchorak finalda o`zbekistonlik bokschi AQSh vakili Antonio Vargas o`rtasidagi jang g`olibi bilan kurashadi.





