AsosiyJamiyat

Rossiyada og`ir kasallikka chalingan ayol ikki farzandi bilan O`zbekistonga qaytarildi

'Rossiyada og`ir kasallikka chalingan ayol ikki farzandi bilan O`zbekistonga qaytarildi'ning rasmi

Rossiyada qiyin ahvolda qolgan ayol O`zbekistonga qaytarildi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi matbuot xizmati xabar beromqda. 

Ma`lum qilinishicha, fuqaro K.N. 2021 yil Rossiyaga vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun boradi. 2022 yil og`ir kasallikka chalinadi va mehnatga layoqatsiz bo`lib qoladi.

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Tula shahridagi vakilligi sa`y-harakatlari va Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo`llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg`armasi mablag`lari hisobidan shifoxonada jarrohlik amaliyotini o`tkazdi. Shuningdek, Moskva-Termiz yo`nalishidagi aviareys orqali ikki nafar farzandi bilan O`zbekistonga qaytarildi.

    Boshqa yangiliklar