Evro–2016 turniri asta-sekin o`z poyoniga etib bormoqda. Ikki kun avval Portugaliya terma jamoasi Uels futbolchilarini yarim finalda 2:0 hisobida mag`lubiyatga uchratib, dastlabki finalchiga aylangan edi.
Ikkinchi yarim finalda Fransiya termasi Germaniyani 2:0 hisobida taslim qildi. Antuan Grizmann dublga erishdi.
Demak, 10 iyul sanasida Portugaliya va Fransiya Evropa chempionatining bosh sovrini uchun kurash olib boradi.





