Fuqarolar muammolari bilan samarali ishlash, echimini kutayotgan masalalarni “mahallabay” o`rgangan holda joyida va tezkor hal etish, aholi bilan to`g`ridan-to`g`ri muloqot tizimini yanada takomillashtirish maqsadida, respublika viloyatlarida may-iyul oylari mobaynida 20 dan ortiq vazirlik va idoralar, sektorlar hamda hududiy tashkilot rahbarlari ishtirokida ommaviy qabullar o`tkazilishi rejalashtirilgan.
Xususan, qabullarda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi, Vazirlar Mahkamasi, Sudyalar Oliy kengashi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag`allikni qisqartirish, Sog`liqni saqlash, Bandlik va mehnat munosabatlari, Mahalla va nuroniylarni qo`llab quvvatlash, Favqulodda vaziyatlar, Qurilish, Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish, Xalq ta`limi vazirliklari vazirliklari, Oila va xotin-qizlar davlat qo`mitasi, Markaziy bank, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, "Hududgazta`minot" AJ, “O`zsuvta`minot” AJ, Avtomobil yo`llari qo`mitasi, Davlat soliq qo`mitasi huzuridagi Kadastr agentligi kabi qator idora rahbarlari fuqarolarni shaxsan qabul qiladi.
Mazkur qabullar joriy yilning 5-11 may kunlari Farg`ona viloyatidan boshlanadi.
Ommaviy qabullar o`tkaziladigan manzil va sanalar bilan quyida keltirilgan jadval orqali tanishish mumkin.
Farg`ona viloyatida o`tkaziladigan
ommaviy qabullar jadvali
Aholi keladigan hududlar nomi | Ommaviy qabul o`tkaziladigan joy | Sana va vaqti |
| Qo`qon sh. Dang`ara,O`zbekiston , Beshariq va Furqat tumanlari aholisi uchun | Qo`qon universiteti binosi | 5 may, soat 12:30 da |
| Bog`dod, Buvayda, Uchko`prik,Rishton va So`x tumanlari aholisi uchun | Bog`dod tumanidagi Konizar Nuroniylar bog`i | 6 may, soat 10:00 da |
| Qo`shtepa,Yozyovon, Oltiariq tumanlari aholisi uchun | Qo`shtepa tumanidagi 1-IDUM (eski Transport kolleji) | 7 may, soat 10:00 da |
| Marg`ilon sh., Toshloq, Quva tumanlari aholisi uchun | Marg`ilon shahridagi Erkin Vohidov nomidagi istirohat bog`i | 10 may, soat 10:00 da |
| Farg`ona t, Farg`ona sh, Quvasoy sh. aholisi uchun | Farg`ona tumanidagi Mozortagi istirohat bog`i | 11 may, soat 10:00 da |
Ommaviy qabullar o`tkaziladigan ba`zi joylar ob`ektiv sabablar tufayli o`zgarishi mumkin. Shuning uchun bir kun avval Farg`ona viloyati Xalq qabulxonasi telefon raqami orqali: +998 73-244-10-00 aniqlik kiritib kelishingiz so`raladi.
Darakchi.uzni kuzatishda davom etingyu Keyingi viloyatlardagi ommaviy qabullar haqida oldindan ma`lumotlar berib boriladi.






