AsosiyJamiyat

Jizzaxdagi maktabda 86 ta suv isitish qozonlari qimmat narxlarda xarid qilinganligi aniqlandi

'Jizzaxdagi maktabda 86 ta suv isitish qozonlari qimmat narxlarda xarid qilinganligi aniqlandi'ning rasmi

Do`stlik tumanida maktablar uchun 86 ta suv isitish qozonlari qimmat narxlarda xarid qilinganligi aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar bermoqda. 

Departamentning Do`stlik tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, tuman Xalq ta`limi bo`limi va “G.F.” MChJ mas`ul shaxslari o`zaro til biriktirib, “Davlat xaridlari to`g`risida”gi Qonun talablarga zid ravishda, “G.F.” MChJ bilan umumiy o`rta ta`lim maktablariga jami 86 dona suv isitish qozonlarini o`rnatish bo`yicha 762,2 mln so`mlik shartnoma tuzishib, ushbu isitish qozonlarini 349,8 mln so`mga qimmat narxda xarid qilganliklari hamda hisobotlarida 27,2 mln so`mlik bajarilmagan ishlarni qo`shib yozish orqali jami 377 mln so`m byudjet mablag`larini o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ish qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar