AsosiyJamiyat

"Mening jamoam – birga ishlaymiz, birga dam olamiz”

'"Mening jamoam – birga ishlaymiz, birga dam olamiz”'ning rasmi

"UzAuto Motors"ning Kommunikasiya direksiyasi tomonidan "Mening jamoam – birga ishlaymiz, birga dam olamiz” shiori ostida navbatdagi tanlov o`tkazildi. Unda kompaniya ishchilari faol qatnashishdi va kuni kecha g`oliblar maxsus sovg`alar bilan taqdirlandi.

Ishchilardan birining so`zlariga ko`ra, kompaniya bundan tanlovlarni muntazam o`tkazib turadi va o`z ishchilarini doimiy ravishda rag`batlantiradi.

"O`tkazib borilayotgan tanlovlarning har birida qatnashib kelyapmiz, sovg`alar bilan taqdirlandik. Korxonamiz gullab-yashnashi uchun qo`ldan kelgacha harakat qilamiz. Bir jamoa bo`lib ishlasak, u yanada shuxratlarga erishadi",-deydi kompaniya xodimi.

    Boshqa yangiliklar