AsosiyDunyo

Twitter endi ba`zi foydalanuvchilar uchun pulli bo`lishi mumkin

'Twitter endi ba`zi foydalanuvchilar uchun pulli bo`lishi mumkin'ning rasmi

Amerikaning SpaceX va Tesla kompaniyalari asoschisi ijtimoiy tarmoq ishiga o`ziga xos o`zgartirishlar kiritmoqchi.

Twitter ijtimoiy tarmog`i tijorat va davlat foydalanuvchilari uchun pullik bo`lishi mumkin, dedi amerikalik Ilon Mask.

“Twitter umumiy foydalanuvchilar uchun doim bepul bo`ladi, lekin tijorat/davlat foydalanuvchilari uchun kichik to`lov bo`lishi mumkin”, deb yozdi u o`zining blogida.

Mask o`z qarorini tushuntirar ekan, Twitter’ning butun dunyo bo`ylab so`z erkinligi platformasi bo`lishiga ishonishini aytdi. Shuningdek, u yangi funksiyalar qo`shish va tarmoqqa ishonchni oshirish uchun algoritmlar yaratish orqali Twitter ni yanada yaxshilashni xohlayotganini bildirdi.

    Boshqa yangiliklar