Tokio - 2020 Olimpiada o`yinlari ishtirokchisi, farg`onalik badiiy gimnastikachi Ekaterina Fetisova Polsha poytaxti Varshavada bo`lib o`tgan Irina Deleanu Cup xalqaro turniri g`olibi bo`ldi.
Bu haqda Farg`ona viloyati hokimligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Ekaterina ko`pkurashda 122,90 ball bilan oltin medalni qo`lga kiritgan. Shuningdek, yana bir o`zbekistonlik gimnastikachi Yasmina Ragimova turnirda ikkinchi o`rinni egallagan.
Eslatib o`tamiz, avvalroq og`ir atletika bo`yicha yoshlar o`rtasidagi jahon chempionatida o`zbekistonlik Jamila Panfilova ikkita bronza medaliga sazovor bo`lgandi.






