6—7 may kunlari Samarqand—Toshkent—Samarqand yo`nalishida 767/768-sonli yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” poezdining qo`shimcha qatnovlari yo`lga qo`yiladi.
Bu haqda “O`zbekiston temir yo`llari” matbuot xizmati xabar berdi.
Eslatib o`tamiz, qatnovlar yuzasidan qo`shimcha ma`lumotlarni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo`l kassalari hamda ma`lumotlar byurosidan olishingiz mumkin.






