Fransiyada futbol bo`yicha Evropa chempionati bahslari davom etmoqda. Kuni kecha “V” guruhidan o`rin olgan barcha o`yinlar o`z yakuniga etdi.
Dastlab Angliya terma jamoasi Slovakiya bilan bahs yuritib, 0:0 hisobini qayd etdi va 5 ochko to`plgan holda keyingi bosqichga chiqdi.
Guruhning ikkinchi o`yinida turnir kashfiyotlaridan biri Uels terma jamoasi Rossiya futbolchilarini yirik 3:0 hisobida taslim qilib, ochkolar sonini 6 taga etkazdi va guruhda birinchi o`rin bilan pley-offga yo`l oldi.
Slovakiya ham turnirni davom ettirishi mumkin bo`ladi. Biroq, qolgan guruhlarda barcha o`yinlar yakunlansagina bunga aniqlik kiritiladi.





