AsosiyJamiyat

Bag`dod tumanida qishloq xo`jaligi bo`limi boshlig`i o`rinbosari qo`lga tushdi. Ma`lum bo`lishicha u...

'Bag`dod tumanida qishloq xo`jaligi bo`limi boshlig`i o`rinbosari qo`lga tushdi. Ma`lum bo`lishicha u...'ning rasmi

Bag`dod tumanida qishloq xo`jaligi bo`limi boshlig`i o`rinbosari fuqarodan olgan 1 500 AQSh dollaridan 500 AQSh dollarini qaytardi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar bermoqda.

Departamentning Bag`dod tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, tuman qishloq xo`jaligi bo`limi boshlig`i o`rinbosari R.Q. fuqaro M.ning ishonchiga kirib, unga va o`g`li X.ning nomiga dehqon xo`jaligi tashkil etish uchun 0,35 gektardan er maydoni ajratib berish va kadastr hujjatlarini tayyorlab berish evaziga 1 500 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganligi aniqlanib, tekshiruv davomida R.Q. tomonidan 500 AQSh dollarini qaytarganligi prosessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar