AsosiySport

"Barselona" "Ayntraxt"ga qarshi o`yinda chipta sotuvidan qancha daromad ko`rganini e`lon qildi

'"Barselona" "Ayntraxt"ga qarshi o`yinda chipta sotuvidan qancha daromad ko`rganini e`lon qildi'ning rasmi

"Barselona" Evropa ligasi chorak final javob o`yini doirasidagi "Ayntraxt"ga qarshi o`yinda chipta sotuvidan qancha daromad ko`rganini ma`lum qildi. 

Bu haqda klub vise-prezidenti Elena Fort quyidagilarni ma`lum qilib o`tdi. 

"O`yinga chiqarilgan chiptalar sotuvidan qariyb uch million evro ishlab oldik. Lekin shu uch million evro sabab o`zimizni hozircha yomon his qilmoqdamiz. To`g`risi, o`yindagi voqeallar uchun o`zimizni aybdor his qilyapmiz. Germaniyalik muxlislar bunchalik ko`p chiptani qay tariqa sotib olganini bilmaymiz. 

Buni ko`rib chiqishni rejalashtirmoqdamiz. Tez orada barchasiga oydinlik kiritamiz", - dedi Fort. 

Ma`lumot uchun, o`yin kuni stadionda 20-30 ming atrofida germaniyalik muxlislar bo`lgan. Natijada, "Barselona"ning aksariyat ishqibozlari bunga norozilik sabab stadionni barvaqt tark etishgan. 

    Boshqa yangiliklar