AsosiyJamiyat

Muftiy hazrat Turkiyaga jo`nab ketdi

'Muftiy hazrat Turkiyaga jo`nab ketdi'ning rasmi

Bugun, 14 aprel kuni erta tongda muftiy Nuriddin doml boshchiligidagi delegasiya Turkiy davlatlar diniy idoralari rahbarlarining birinchi yig`ilishida ishtirok etish uchun jo`nab ketdi.

Bu haqda O`zbekiston musulmonlari idorasi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, tashrif doirasida Muftiyning yig`ilishda ishtirok hamda nutq qilishi kutilmoqda.

Shuningdek, bir qator mo`min-musulmonlar uchun muhim bo`lgan masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgani ma`lum qilindi.

Turkiya diyonat ishlari boshqarmasi raisi Ali Erbosh janoblari bilan o`zaro hamkorlikni mustahkamlash bo`yicha muzokaralar olib borish kutilmoqda.

Ma`lumot o`rnida, O`zbekiston Turkiy tilli davlatlar Kengashiga 2019 yilning sentyabr oyida a`zo bo`lgan. Ayni paytda Turkiy tilli davlatlar tashkiloti tarkibiga O`zbekiston, Ozarbayjon, Qozog`iston, Qirg`iziston va Turkiya kiradi. Vengriya va Turkmaniston uning faoliyati kuzatuvchisi sifatida ishtirok etmoqda.

Turkiy davlatlar diniy idoralari rahbarlari ishtirokida ilk tarixiy yig`ilish Turkiyaning Istanbul shahrida shu yilning 15 aprel kuni bo`lib o`tadi.

    Boshqa yangiliklar