AsosiySport

EChL. "Real" qo`shimcha bo`limlarda "Chelsi"ni mag`lubiyatga uchratdi, "Bavariya" esa musobaqa bilan xayrlashdi

'EChL. "Real" qo`shimcha bo`limlarda "Chelsi"ni mag`lubiyatga uchratdi, "Bavariya" esa musobaqa bilan xayrlashdi'ning rasmi

Evropa Chempionlar ligasining chorak final javob bellashuvlaridan o`rin olgan ikki to`qnashuv o`z nihoyasiga etdi. 

"Bavariya" o`z maydonida "Vilyarreal"ni qabul qildi. Dastlabki bahsda ispaniyaliklar 1:0 hisobida muvaffaqiyat qozongandi. Javob bahsida esa 1:1 hisobi qayd etildi. Natijada, "Vilyarreal" 2:1 hisobi bilan yarim finalga yo`llanma oldi. 

Ikkinchi bellashuv Madridda kechdi. Unda "Real" klubi "Chelsi"ni qabul qildi. Londonda kechgan birinchi bahsda 3:1 hisobida "Real" muvaffaqiyat qozongandi. Xuddi shu hisob Madridda ham qayd etildi. Ikki o`yin natijasiga ko`ra, muvozanat tiklandi va jamoalar qo`shimcha bo`limlarda o`z omadini sinab ko`rdi. 

Qo`shimcha bo`limning dastlabkisida Karim Benzema bosh bilan gol urib, "Real"ning ustunligini ta`minladi. 

Shu tariqa, "Real" qo`shimcha bo`limlardagi gol evaziga "Chelsi"ni mag`lubiyatga uchratib, yarim finalga yo`llanma oldi.

EChL. chorak final. Javob bellashuvlari

"Bavariya" – "Vilyarreal" 1:1

Gollar: 1:0 – 52 Levandovski, 1:1 – 88 Chukvueze.

"Real Madrid" - "Chelsi" 2:3 

Gollar: Meyson Maunt 15', Antonio Ryudiger 51', Timo Verner 75', Rodrigo 80', Karim Benzema 96'

    Boshqa yangiliklar