AsosiyJamiyat

Prezident huzurida farmasevtika sohasini rivojlantirish bo`yicha yig`ilishi boshlandi

'Prezident huzurida farmasevtika sohasini rivojlantirish bo`yicha yig`ilishi boshlandi'ning rasmi

Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

 O`zbekistonning yangi taraqqiyot strategiyasida mamlakatda dori vositalari ishlab chiqarishni 3 baravarga oshirish vazifasi qo`yilgan. Bu borada yanvarda besh yillik dastur ham qabul qilindi.

Lekin sohada ishlarning bugungi holati bilan bu marralarga erishib bo`lmaydi, dedi davlatimiz rahbari.

Mamlakatimizda yiliga 1,6 milliard dollarlik 1,5 mingdan ziyod turdagi farmasevtika mahsulotlari iste`mol qilinadi.

Shundan 647 turdagi dori va tibbiy buyumlar o`zimizda ishlab chiqarilgani bilan, har yili qariyb 1,2 milliard dollarlik mahsulotlar import qilinmoqda.

Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm, Buxoro va Farg`onada iste`mol qilinadigan dorining atigi 2-5 foizi mahalliy ishlab chiqaruvchilar hissasiga to`g`ri keladi.

“Hududlarni dori vositalari bilan ta`minlanganini tahlil qildim – bu mutlaqo qoniqarsiz. Shuning uchun o`zimizda ishlab chiqarilgan dori vositalarini ko`paytirish bo`yicha keskin choralar ko`rishimiz shart”, dedi Prezident.

    Boshqa yangiliklar