AsosiyJamiyat

Tibbiyot xodimlarining malaka toifasini olish muddati qisqartirildi

'Tibbiyot xodimlarining malaka toifasini olish muddati qisqartirildi'ning rasmi

“Tibbiyotda xususiy sektor faoliyatiga qo`shimcha qulayliklar yaratish va soha xodimlarini qo`llab-quvvatlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident farmoni (PF–11.04.2022 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Farmonga ko`ra:

  •  yuqori malakali va malakali mutaxassislar toifasiga kirmaydigan chet el fuqarosi bo`lgan shifokorlar uchun O`zbekistonda ishlash huquqini beruvchi tasdiqnoma berganlik uchun yig`im miqdori 6 baravarga kamaytirilib, BHMning 5 baravari miqdorida undiriladi (Ilgari BHMning 30 baravari miqdorida edi);

 

  •  O`zbekistonga qisqa muddatga (bir oygacha) kelayotgan chet el mutaxassislariga O`zbekistonda ishlash huquqini beruvchi tasdiqnoma olish talab etilmaydi;

 

  •  O`zbekistonda doimiy yashash joyiga ega bo`lmagan xorijiy fuqarolar hamda fuqaroligi bo`lmagan shaxslardan davolash muassasalari tomonidan undiriladigan turistik (mehmonxona) yig`im bekor qilinadi;

 

  •  davolash muassasalari (bundan sanatoriy va pansionatlar mustasno) uchun turistik xizmatlarni sertifikatlashtirishga bo`lgan talab bekor qilinadi. Bunda, tashrif buyuruvchilarni hisobga olish elektron amalga oshiriladi.

 

Yuridik shaxslar tomonidan lizing shartnomasi asosida olib kelinadigan yangi tibbiyot asbob-uskunalari, butlovchi buyumlar va ularning ehtiyot qismlari hamda sarflash materiallari uchun bojxona imtiyozlarining amal qilish muddati 2025 yil 1 yanvargacha uzaytirildi (ilgari 2024 yil 1 yanvargacha edi).

️Farmonga ko`ra, tibbiyot asbob-uskunalari va buyumlarining ehtiyot qismlari hamda tibbiyot maqsadlari uchun sarflash materiallarini 2025 yil 1 yanvargacha O`zbekistonga olib kirishda QQSdan ozod qilinadi.  

Shuningdek, farmonga muvofiq:

  • ️nodavlat tibbiyot tashkilotlarida tibbiyot OTMning klinik bazalari tashkil etilib, ularda shifokor va hamshiralar malakasi oshiriladi hamda qayta tayyorlanadi;

 

  • ️malaka toifasi olish uchun talab etiladigan ish staji muddati qisqartirilgan holda, toifasiz xodimlarga 3 yil, birinchi toifa uchun – 5 yil, oliy toifa uchun – 7 yil etib belgilandi (Ilgari birinchi malaka toifasi uchun 7 yil, oliy malaka toifasi uchun 10 yil edi). 

    Boshqa yangiliklar