2022 yil 9 aprel kuni ayrim ijtimoiy tarmoqlarda Xo`jayli tumanida istiqomat qiluvchi "Ona" o`z farzandlarini haqorat qilib, qo`rqitib, qiynab, ularga nisbatan qupol munosabat bildirgan va kuch ishlatilgan video material tarqalgani haqida yozgan edik.
Holat bo`yicha Xo`jayli tuman hokimligi rasmiy munosabat bildirdi.
Ta`kidlanishicha, video tasvirlardagi barcha shaxslar doirasi to`liq aniqlanib, hozirgi kunda Xo`jayli tuman IIB tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismi "a", "v" bandlari (voyaga etmagan ojiz ahvoldagi shaxsni qiynash) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ushbu hodisa Xo`jayli tuman hokimligi va prokuratura tomonidan alohida nazoratga olinib, bolalar huquqlarini himoya qilish va boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ishchi guruh tuzilib, kechiktirib bo`lmaydigan ishlar amalga oshirilmoqda.
Natijasi yuzasidan ijtimoiy tarmoqlar orqali xalqqa qo`shimcha axborot berib boriladi.






